Chavusho‘g‘lu: "Turkiya, Covid – 19 tufayli dunyoning 125 ta davlatiga yordam berdi."

“Online diplomatiya” degan nom ostida uyushtirilgan ADF asosida XMSR markazi hamkorligida “Pandemiya davrida migrantlar va o‘z uy – joyidan mahrum qilingan boshqa insonlarning vaziyati: Xalqaro Hamkorlik ehtiyoji” deb nomlangan videomuloqat bo‘lib o‘tdi.

1432669
Chavusho‘g‘lu: "Turkiya, Covid – 19 tufayli dunyoning 125 ta davlatiga yordam berdi."

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning bugungacha Covid – 19 tufayli yordam so‘ragan dunyoning 125 ta davlatiga yordam berganini qayd etdi.

“Online diplomatiya” degan nom ostida uyushtirilgan Antaliya Diplomatiya forumi asosida Xalqaro Migratsiya siyosatlarini rivojlantirish markazi hamkorligida “Pandemiya davrida migrantlar va o‘z uy – joyidan mahrum qilingan boshqa insonlarning vaziyati: Xalqaro Hamkorlik ehtiyoji” deb nomlangan videomuloqat bo‘lib o‘tdi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, unda so‘zlagan nutqida, pandemiyaning mamlakat ajratmay hammaga ta’sir qilganini eslatib o‘tgan holda:

“Bu jarayonda nima bo‘lishidan qat’iy nazar global inqiroz oldida kuchli xalqaro hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor anglab yetdik. Pandemiyaning kuchi va global tabiati nazarda tutilganida Turkiya, boshqalariga yordam yetkazib berish masalasida erta harakat qildi. Bugungacha yordam so‘ragan dunyoning 125 ta davlatining talabiga javob berdi. Yordam berish faoliyatlarimizni davom ettiramiz” deya gapirdi.  

Inqirozlar oldida eng ko‘p muhojirlar va o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lgan kishilarning himoya qilinishi uchun hamkorlik qilishning qanchalik muhim ekanligini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, ko‘p jihatdan qiyinchiliklar qo‘lga olinar ekan keng ko‘lamli, barqaror va yana – da kuchli bir xalqaro harakatga ehtiyoj borligini aytdi.

Chavusho’g’lu o‘z so‘zida shuningdek,

“Eng avvalo, qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun naqd pul jihatidan yordam berish dasturlari doxil bo‘lish bilan birga qisqa muddatli yechimlar bilan boshlashimiz mumkin” dedi.

Videomuloqatga Chavusho‘g‘ludan tashqari, Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayin, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy, Livan Tashqi ishlar vaziri Nasif Xitti, Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Kurayshiy, Yevropa ittifoqi (YeI) Komissiyasining Ichki ishlaridan mas’ul Ylva Johansson, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Muhojirlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi, Avstriyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Karin Kneissi va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) direktorining o‘rinbosari Zsuzsanna Jakab ham ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar