Iroq Jahon bankidan kredit olmoqchi...

"Iqtisodiy inqirozga barham berish uchun Jahon bankidan kredit olishga harakat qilamiz",-deb aytgan Iroq moliya vaziri Ali Allaviy.

1431790
Iroq Jahon bankidan kredit olmoqchi...

 

Iroq hukumati mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, Jahon bankidan kredit olmoqchi.

Bu haqda Iroq moliya vaziri Ali Allaviy ma'lum qildi.

Allaviy poytaxt Bag'dodda dunyoda neft narxining pasayishi va global xatar COVID-19 tufayli mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz haqida matbuotga brifing berdi.

Uning ta'kidlashicha, mamlakatdagi moliyaviy inqiroz ishchilarning oylik maoshlari to'lanishida kechikishlarga sabab bo'lmoqda. Buning oldini olish uchun tashqi qarzdorlikni tanlashga majbur bo'linmoqda.

"Iqtisodiy inqirozga barham berish uchun Jahon bankidan kredit olishga harakat qilamiz",-deb aytgan Iroq moliya vaziri Ali Allaviy.

2020 byudjetining majlisda tasdiqlanishi qiyin ekanligini tilga olgan Allaviy, 2021 yil byudjeti ustida muhokamalar boshlanganligini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, davlat xodimlariga oylik to'lash uchun esa, mamlakatdagi ba'zi mahalliy banklardan qarz olinadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #kredit , #Jahon banki , #Iroq

Aloqador xabarlar