Yevroosiyo kun tartibi 22 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosyo Iqtisodiy ittifoqi tarkibidagi davlatlarning liderlari o‘rtasida 2020 - yilning 19 - mayi kuni navbatdan tashqari uyushtirilgan sammit haqida so‘z qilamiz.

1425195
Yevroosiyo kun tartibi 22 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Yevroosyo Iqtisodiy ittifoqi tarkibidagi davlatlarning liderlari o‘rtasida 2020 - yilning 19 - mayi kuni navbatdan tashqari uyushtirilgan sammit haqida so‘z qilamiz.

Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining amaldagi raisi Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko yetakchiligida 2020 – yilning 19 – mayida videomuloqat orqali YeII Liderlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbarlari Armaniston Bosh vaziri va YeII Bosh kotibi ishtirok etdi.

Pandemiya yuzasidan videomuloqat yo‘li orqali o‘tkazilgan sammitda, ittifoqning iqtisodiy integratsiyasini 2025 – yilgacha ko‘zda tutgan faoliyatlari qo‘lga olindi. Ushbu sammitda qabul qilinishi kutilgan mazkur faoliyat, liderlar o‘rtasida yilning oxirida yuzma – yuz Minskda uyushtirilishi rejalashtirilgan sammitga qoldirildi. Yig‘ilishda shuningdek, tashkilotning 2020 – 2021 yillarini o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi qabul qilindi. Avvalgi sammitlardan farqli olaroq, bu yig‘ilishda liderlarning tashkilot faoliyatlari va vizyoniga bo‘lgan tanqidlarining ortganligi kuzatildi.  

Sammitda nutq so‘zlagan Aleksandr Lukashenko gaz narxlaridagi tengsizlik masalasini ko‘tardi. Ittifoqning kuchiga – kuch qo‘shilishi va integratsiyasi uchun umuman gaz va energiya narxlarining ittifoq hududida bir xil bo‘lishi kerakligini eslatib o‘tgan Lukashenko, Rossiyani tanqid qildi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham Lukashenkoni qo‘llab - quvvatladi va ittifoqning umumiy energiya bozori bo‘lishi kerakligini qo‘shimchaladi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bojxonada duch kelingan muammolarning hatto pandemiya davrida ham bartaraf etilmaganligini ta’kidlab, Ukraina va Yevropa mamlakatlaridan keladigan mahsulotlar uchun erkin tranzit imkonlari berilishini taklif qildi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jo‘mart Toqayev ittifoqning 2025 - yilgacha iqtisodiy integratsiyasini nazarda tutgan faoliyatini tanqid qildi.

Qozog‘istonning ittifoq tarkibidagi davlatlar ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan savdo – sotig‘ida pasayish kuzatilganligiga e’tibor qaratgan Toqayev, ittifoqdagi har bir mamlakat uchun teng sharoitlar yaratilmaganligini ta’kidladi. Toqayev shuningdek, ittifoqning tashkil topishidan maqsad iqtisodiy integratsiya ekanligini va shuning uchun ham boshqa sohalarda ko‘zda tutilgan integratsiyalashuv faoliyatlarining eng avvalo sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilishi zarurligini qayd etdi. Toqayevning o‘z nutqida xalqning manfaatlarini ta’kidlashi e’tiborlarni o‘ziga qaratdi.

Ittifoqning lokomotivi hisoblangan Rossiya Davlat rahbarining nutqida esa ittifoqning yana da kengaytirilishi ta’kidlandi. Vladimir Putin Isroil, Misr, Hindiston bilan hamkorlik qilish muzokaralarining olib borilayotganini bildirdi.

O‘zbekistonning ittifoq tarkibiga kuzatuvchi a’zo bo‘lishi muhokama qilinmoqda.  Yilning boshida O‘zbekistonda Rossiya uchun agentlik qilganlarning qamoqqa olinishi, 2020 – yilning 14 - mayi kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekistonda rasmiy yozishmalarda rus tilidan foydalanilmaslik masalasiga e’tiroz etishi va O‘zbekistonning ushbu bayonotni uning ichki ishlariga aralashuv sifatida qabul qilishi, O‘zbekistonning ittifoqga kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etishiga ba’zi to‘siqliklar borligini ko‘rsatadi.

YeII, o‘zining rivojlanish modelini topa olmaganligi va ko‘pchilik qaror va ishlarning Moskva rahbarligi ostida amalga oshayotgani, pandemiya davrida ittifoqqa a’zo boshqa davlatlarni battar bezovta qilganga o‘xshaydi. Pandemiyaning Yevroosiyo geografiyasida cho‘zilish jarayoni ittifoqning faoliyatlari va kelajagiga bevosita ta’sir qilishi mumkin.



Aloqador xabarlar