YTB, dunyoning 14 ta davlatida 165 ming 549 kishining ehtiyojini qopladi

YTB, Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash asosida dunyoning 14 ta davlatida 165 ming 549 kishining ehtiyojini qopladi.

1418595
YTB, dunyoning 14 ta davlatida 165 ming 549 kishining ehtiyojini qopladi

Chet eldagi turklar va qardosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB), yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) pandemiyasiga qarshi kurash asosida dunyoning 14 ta davlatida 165 ming 549 kishinnig ehtiyojini qopladi.

Covid – 19 pandemiyasi jarayonida chet eldagi Turk fuqarolarini yolg‘iz qoymagan yetakchilik, olib borgan yordam va hamkorlik dasturlari orqali dunyoning to‘rt burchagida yordamga muhtoj oilalarni topdi.  

Ularning oziq – ovqat, ta’lim, gigiena vositalari, ijara puli, elektr va gaz to‘lovlari kabi har qanday moddiy ehtiyojlarini qoplagan YTB, bugungacha dunyoning 14 ta davlatida jami 165 ming 549 kishiga yordam berdi.

YTB shuningdek, qariyalar uyi va yolg‘iz yashagan keksa fuqarolarning ham ahvolidan xabar olib ularning 9 ming 107 nafariga sovg‘alar taqdim etdi.

Qo‘llab - quvvatlash dasturi doirasida ko‘rsatilgan yordam AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Avstriya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstraliya va Finlyandiyada ko‘rsatildi.



Aloqador xabarlar