Trump, F - 35 bo‘lakchalarini haligacha Turkiyadan ta'minlayotganliklarini qayd etdi

Donald Trump, Fox Business kanaliga bergan intervyusida kun tartibini baholadi.

1417787
Trump, F - 35 bo‘lakchalarini haligacha Turkiyadan ta'minlayotganliklarini qayd etdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump, F - 35 urush uchoqlarining asosiy korpusining Turkiyadagi ishlab chiqarish faoliyatlarining davom etganini qayd etdi.

Donald Trump, Fox Business kanaliga bergan intervyusida kun tartibini baholadi.

Trump, AQShning ta’minot zanjiri jihatidan Xitoy yoki dunyoning boshqa davlatlariga qaram bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan holda,

“Mahsulotlarimizning hammasini AQShda ishlab chiqarishimiz shart” dedi.

Donald Trump, “Dunyodagi eng yaxshi urush uchoqlari hisoblangan F - 35 larning asosiy korpusi Turkiyada ishlab chiqarilmoqda va bizga ham Turkiyadan kelmoqda. Bugungi kunda (Prezident Rajap Tayyip) Erdo‘g‘an bilan munosabatimiz yaxshi, agar bo‘lmaganidachi? ‘Sizga F - 35 bo‘lakchalarini bermaymiz’ desalar nima qilamiz?” deya gapirdi.  

AQSh yetakchiligi Turkiya tomonidan Rossiyadan S - 400 zenit raketa tizimlarini olishi ortidan iyul oyida Turkiyaning 2002 - yildan beri rasmiy sherigi bo‘lgan F - 35 dasturidan chiqarilishini ma’lum qilgandi. Bunga qaramay Trumpning F - 35 bo‘lakchalarini haligacha Turkiyaning ta’minlaganini aytishi ba’zi savollarning tug‘ilishiga yo‘l ochdi.



Aloqador xabarlar