Moeti, “Covid–19 Afrikada 200 milliondan ortiq kishining ahvolini battar yomonlashtirdi.”

Matshidiso Moeti, Afrikadagi oziq – ovqat xavfsizligining favqulodda vaziyat ekanligini ifoda etdi.

1417744
Moeti, “Covid–19 Afrikada 200 milliondan ortiq kishining ahvolini battar yomonlashtirdi.”

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Matshidiso Moetining aytishicha, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi qit’ada yetarlicha ovqatlanmagan 200 milliondan ortiq kishining ahvolini battar yomonlashtirgan.

Moeti, telekonferentsiya orqali o‘tkazgan matbuot brifingida, Afrikadagi oziq – ovqat xavfsizligining favqulodda vaziyat ekanligini ifoda etgan holda, yetarlicha ovqatlanmaganlarning immunitet tizimlarining zaifroq ekanligini ta’kidladi.

Hozirning o‘zida 200 million kishining yetarli oziq – ovqati yo‘qligini ham eslatib o‘tgan Moeti,

“Covid – 19, vaziyatni batar yomonlashtirmoqda” dedi.

70 mingdan ortiq holat aniqlangan Afrika mamlakatlarida bugungacha qariyb 2 ming 500 kishi vafot etdi.



Aloqador xabarlar