Xalqaro valyuta fondi Misrga 2 mlrd 772 mln dollar kredit ajratadi

Ma’lumotga ko’ra, kredit ajratish bilan Misrning COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tezkor to’lovlar muvozanatini saqlash va ehtiyojlarini ta’minlash maqsad qilingan.

1415670
Xalqaro valyuta fondi Misrga 2 mlrd 772 mln dollar kredit ajratadi

 

 

Xalqaro valyuta fondi (IMF) koronavirusga qarshi kurash doirasida Misrga 2 mlrd 772 mln dollar kredit ajratish to’g’risida qaror qabul qildi.

Ma’lumotga ko’ra, kredit ajratish bilan Misrning COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tezkor to’lovlar muvozanatini saqlash va ehtiyojlarini ta’minlash maqsad qilingan.

Kreditning foiz nisbati va qayta to’lash muddati ma’lum qilinmagan.

Xalqaro valyuta fondi ma’lum qilishicha, pandemiya tufayli Misr tashqi bozorida yuzaga kelgan noaniqlik qiyinchilik bilan yo’lga qo’yilayotgan barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Misr markaziy banki ta’kidlashicha, o’tgan hafta payshanba kuni COVID-19 epidemiyasi tufayli valyuta zahiralari aprel oyi oxirida 7.65 foizga pasayib, 37 mlrd 37 mln dollarga kamaygan.

 



Aloqador xabarlar