Turkiya tibbiy ashyo bo‘yicha yordam so‘ragan davlatlarga bee’tibor qolmadi

Chavusho‘g‘lu dunyoning 128 ta davlatining Turkiyadan tibbiy ashyo bo‘yicha yordam so‘raganini, Turkiyaning esa uning qariyb yarmini ta’minlab berganini qayd etdi.

1411898
Turkiya tibbiy ashyo bo‘yicha yordam so‘ragan davlatlarga bee’tibor qolmadi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu dunyoning 128 ta davlatining Turkiyadan tibbiy ashyo bo‘yicha yordam so‘raganini, Turkiyaning esa uning qariyb yarmini ta’minlab berganini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, mamlakatdagi xususiy telekanallaridan biridagi dasturda ishtirok etib, savollarga javob berdi.

Dunyoning bir necha davlatining Turkiyadan so‘ragan yordami haqidagi savolga qarshi Chavusho‘g‘lu, “Bugungacha dunyoning 128 ta davlati Turkiyadan tuhfa, eksport yoki xarid qilib olish yo‘lida tibbiy ashyolar bo‘yicha yordam so‘radi. Qariyb yarmini ta’minladik” deb javob berdi.

Chavusho‘g‘lu, oxiri kecha oqshom Paragvayning yordam talabini qanday ta’minlay olishlari haqidagi masala ustidan Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja bilan muloqat qilganliklarini qayd etdi.

Tashqi Ishlar vaziri,

“Dunyo davlatlarining uchdan ikki qismi Turkiyadan tibbiy ashyolar bo‘yicha yordam so‘radi. Bu vaziyat Turkiyaning qanchalik ishonchli manbaa ekanligining ko‘rsatkichidir” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning Sog‘likni saqlash tarmog‘idagi tajribasini dunyoning har nuqtasi bilan bo‘lishganiga ham e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu,

“Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti, xalqaro hamjamiyat, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa davlatlar Turkiyani, sog‘likni saqlash tarmog‘ida o‘rnak mamlakat hisoblaydi. Shu va shunga o‘xshash yordam faoliyatlari, kelajakda Turkiyaning ishonchli manbaa sifatida markaga aylanishiga yo‘l ochadi” dedi. 



Aloqador xabarlar