THY iyun, iyul va avgust oylarida ichki va tashqi qatnovlar yo‘lga qo‘ymoqchi

THY pandemiya tufayli ichki qatnovlarini shu yilning 20 – may, tashqi qatnovlarini esa 28 – maygacha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgandi.

1411950
THY iyun, iyul va avgust oylarida ichki va tashqi qatnovlar yo‘lga qo‘ymoqchi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan Turk Havo yo‘llari (THY) iyun, iyul va avgust oylarida ichki va tashqi qatnovlar yo‘lga qo‘ymoqchi. Buning uchun yuqorida aytilgan uch oyni o‘z ichiga olgan qatnov rejalari ustidan loyiha tuzildi.

THY pandemiya tufayli ichki qatnovlarini shu yilning 20 – may, tashqi qatnovlarini esa 28 – maygacha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgandi.

Ichi qatnovlarini iyun oyida boshlatmoqchi bo‘lgan THY, tashqi qatnovlarini esa bosqichma – bosqich yo‘lga qo‘ymoqchi.

Uch oylik vaqt asosida uyushtirilgan uchish rejasiga ko‘ra iyun oyida dunyoning 19 mamlaktining 22 nuqtasiga bir haftada 72 ta qatnov yo‘lga qo‘yadi.

Kanadada Toronto, Qozog‘istonda Olmaota, Afg‘onistonda Kobul, Yaponiyada Tokio, Xitoyda Shanxay, Janubiy Koreyada Seul, Singapur, Daniyada Kopengagen, Shvetsiyada Stokgolm, Norvegiyada Oslo, Germaniyada Frankfurt, Berlin, Dyusseldorf va Myunxen, Avstriyada Vena, Niderlandiyada Amsterdam, Belgiyada Bryussel, Belorussiyada Minsk, Gruziyada Tiflis, Livanda Bayrut, Kuvayt va Isroilda Tel-Aviv safarlari yo‘lga qo‘yiladi.

Ichki qatnovlarning iyun oyidan boshlab barcha nuqtalarga yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilishiga qaramay ilk bosqichda buning faqatgina 60 foizining ijro etilishi ko‘zda tutilmoqda. THY, iyul va avgust oylarida esa qatnovlar sonini orttirmoqchi. THY, iyul oyida dunyoning 74 davlatining 103 nuqtasida bir haftada 572, avgust oyida esa dunyoning 98 davlati bilan 160 nuqtasida 937 qatnov yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.   



Aloqador xabarlar