Beasley, “821 million kishi och qoringa yotib, surunkali ochlik azobi tortmoqda.”

Beasley, BMTXKga urushlar va qurolli to‘qnashuvlar yo‘l ochgan ocharchilikning tinch aholilar ustidagi ta’siri haqida ma’lumot berdi.

1403065
Beasley, “821 million kishi och qoringa yotib, surunkali ochlik azobi tortmoqda.”

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq - ovqat dasturi yetakchisi David Beasley, dunyoning bugungi kunda nafaqat yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) balki “ochlik pandemiyasi” ga ham duch kelganligini eslatib otgan holda, buning oqibatida yoq deganda dunyoning qariyb 36 davlatida ocharchilik yuz berishi ehtimoli borligini qayd etdi.

Beasley, BMT Xavfsizlik kengashiga video muloqat orqali urushlar va qurolli toqnashuvlar yol ochgan ocharchilikning tinch aholilar ustidagi ta’siri haqida ma’lumot berdi.

Covid - 19 pandemiyasi boshlashidan oldin 2020 - yili Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng dahshatli insoniy inqirozning yuz berish ehtimoli borligi haqida ogohlantiruv berganliklarini ta’kidlagan Beasley,  

“Bugungi kunda nafaqat yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) balki ochlik pandemiyasiga ham duch keldik” degan ifodalarga orin berdi.

Beasley shuningdek Yaman, Suriya va Janubiy Sudandagi urushlar bilan birga Sharqiy Afrikadagi chigirtkalar, tabiiy ofatlar va iqlim ozgarishlari oqibatida paydo bolgan vaziyatlarga e’tibor qaratgan holda,

“Bugun Covid - 19 pandemiyasi nafaqat insonlarning sogligi balki insoniy falokatning ham darvozasida” deya gapirdi.

Urush mintaqalaridagi millionlab insonning kundan - kunga ocharchilik darvozasi tomon yol olganini ta’kidlagan Beasley, “821 million kishi har kuni kechasi och qoringa yotib, surunkali ochlik azobi tortmoqda” dedi.



Aloqador xabarlar