THY, koronavirus tufayli yurtga qaytolmagan AQShdagi Turk fuqarolarini olib kelmoqchi

THY, koronavirus tufayli yurtga qaytolmagan AQShdagi Turk fuqarolarini maxsus qatnovlar orqali olib kelmoqchi.

1400617
THY, koronavirus tufayli yurtga qaytolmagan AQShdagi Turk fuqarolarini olib kelmoqchi

Turk Havo yo‘llari yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida qatnovlarning bekor qilinishi tufayli Turkiyaga qaytolmagan fuqarolar uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining 3 ta shahridan maxsus qatnov uyushtirmoqchi.

Turkiyaning Vashington elchixonasidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra vaqtinchalik AQShda bo‘lgan qisqa muddatli viza egalari, talabalar, ishchi va ish uchun kelgan fuqarolarning Turkiyaga qayta olishlari uchun 23 - aprelda Vashington va Los Angelesdan, 24-aprelda esa Nyu - Yorkdan THY safarlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mamlakatga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar, bilet ishlari tartibi chog‘ida yoki uchoqqa o‘tirishdan oldin Turkiyaga qaytgandan keyin 14 kun karantinada o‘tirishni yozma ravishda qabul qiladi.  

Uchish kuni Covid - 19 alomati kuzatilgan yoki ungacha virus yuqtirib olganligi aniqlanganlar uchoqqa qabul qilinmaydi..

THY tomonidan cheklangan ravishda o‘rin ajratilgan qatnovlar uchun chipta sotishining qachon va qanday amalga oshirilishi ikkinchi e’lon bilan fuqarolarga ma’lum qilinadi.

Chiptalar birinchi kuni 14-aprelgacha ismini Vashington elchixonasi bilan Nyu-York va Los Angeles Bosh konsulliklariga qayd ettirgan fuqarolarga sotiladi.  

Ikkinchi kunning oxirida o‘rin qolgudek bo‘lsa yuqorida nomi tilga olingan mintaqalardagi boshqa fuqarolar, nomi tilga olingan 3 qatnovning biriga chipta olishi mumkin.



Aloqador xabarlar