Turkiya 3 oyda pomidor eksportidan 119 mln 846000 dollar daromad qildi

Turkiya pomidori asosan Ukraina, Rossiya va Ruminiyaga, bulg’ori esa Germaniya, Ruminiya va Rossiyaga eksport qilinmoqda.

1387042
Turkiya 3 oyda pomidor eksportidan 119 mln 846000 dollar daromad qildi

 

Turkiyaning O’rta yer dengizi va Egey hududlaridagi issiqxonalarda yetishtirilgan pomidorlar xorij davlatlarga eksport qilinmoqda.

1 yanvardan 25 martga qadar amalga oshirilgan pomidor eksporti o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 12.26 foiz oshib, bundan tushgan daromad 119 mln 846 ming dollarni tashkil qildi.

Turkiyadan 85 davlatga amalga oshirilgan meva-sabzavot eksporti o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan katta miqdorda ortish ko’rsatdi. Bularning katta qismini pomidor mahsuloti tashkil qildi.

Turkiya eksportchilar majlisi ma’lum qilishicha, o’tgan yili 1 yanvar-25 mart davrida 106 mln 754 557 dollar qiymatida pomidor eksport qilgan Turkiya, joriy yilning ayni davrida 119 mln 846 29 dollar qiymatida pomidor mahsuloti eksport qildi.

Shu bilan mamlakatda pomidor mahsuloti eksporti bo’yicha 12.26 foizlik ortish kuzatildi.

Bulg’ori eksporti bo’yicha ham o’tgan yilga nisbatan 13.52 foiz ortish kuzatildi.

O’tgan yili 1 yanvardan 25 martga qadar 42 mln 164 ming dollarlik bulg’ori mahsuloti eksport qilgan Turkiya, joriy yilda bu ko’rsatgichni 47 mln 865 ming 628 dollarga oshirdi.

Turkiya pomidori asosan Ukraina, Rossiya va Ruminiyaga, bulg’ori esa Germaniya, Ruminiya va Rossiyaga eksport qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #pomidor , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar