Turkiya yanvar oyida 14 mlrd 765 mln dollarlik eksport amalga oshirdi

Turkiya eksportchilar majlisi rahbari Ismoil Gulle ma'lum qilishicha, Turkiyada 2020 yil eksport jihatidan samarali yil bo'ladi.

Turkiya yanvar oyida 14 mlrd 765 mln dollarlik eksport amalga oshirdi

 

Turkiya yanvar oyida 14 mlrd 765 mln dollarlik eksport amalga oshirdi. Bu esa 6.1 foizni tashkil qiladi.

Bu haqda Turkiya eksportchilar majlisi rahbari Ismoil Gulle ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiyada 2020 yil eksport jihatidan samarali yil bo'ladi.

"Yanvar oyida eksportimiz 6.1 foiz ortish ko'rsatib, 14 mlrd 765 mln dollarni tashkil qildi. 12 oylik eksport natijalari esa 181.6 mlrd dollarni ko'rsatmoqda",-deb aytgan Turkiya eksportchilar majlisi rahbari Ismoil Gulle.

Ta'kidlanishicha, eksportdagi rekord ortish ta'sirida eksportning importni qoplash nisbati yanvar oyida 76.8 foizni tashkil qildi.

Yanvar oyidagi eksport natijalarini ko'zdan kechirgan Savdo vaziri Ruhsor Pekjon: "Bu raqam Respublika tarixidagi eng yuqori ko'rsatgichga ega bo'lgan yanvar oyiga doir eksport natijalari hisoblanadi",-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: eksport , Turkiya

Aloqador xabarlar