Isroil Misrga tabiiy gaz eksport qilishni boshladi

2019 yili imzolangan shartnomaga ko’ra, Isroil 15 yil davomida 19.5 mlrd dollar qiymatiga teng bo’lgan 85 mlrd kub metr tabiiy gazni Misrga eksport qiladi.

1341382
Isroil Misrga tabiiy gaz eksport qilishni boshladi

 

 

Isroil energiya vazirligi Misrga tabiiy gaz eksport qila boshladi.

Bayonotga ko’ra, Isroil bugundan e’tiboran Misrga tabiiy gaz yubora boshlaydi. Bu tashabbus ikki davlatning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Isroildan yuborilgan gazning bir qismi Misrda suyuqlashtirilib, Yevropaga eksport qilinadi.

Isroil shu yilning 1 yanvarida esa, O’rta yer dengizidagi gaz konidan qazib olingan tabiiy gazni Iordaniyaga eksport qilishni boshlagandi.

Ma’lumotga ko’ra, Isroilga oid Tamar va Lotian neft ishlab chiqarish kompaniyalari Misrning Duyelfenos kompaniyaga tabiiy gaz eksporti uchun 15 yillik shartnomaga imzo chekkan. 2019 yili imzolangan shartnomaga ko’ra, Isroil 15 yil davomida 19.5 mlrd dollar qiymatiga teng bo’lgan 85 mlrd kub metr tabiiy gazni Misrga eksport qiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Misr , #tabiiy gaz , #Isroil

Aloqador xabarlar