Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining ochilish marosimi bugun Istanbulda bo’lib o’tadi

Rus tabiiy gazini Turkiyaga, Turkiya orqali Yevropaga yetkazib beradigan Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining ochilish marosimi bugun Istanbulda bo’lib o’tadi.

Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining ochilish marosimi bugun Istanbulda bo’lib o’tadi
putin istanbul.jpg

Rus tabiiy gazini Turkiyaga, Turkiya orqali Yevropaga yetkazib beradigan Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining ochilish marosimi bugun Istanbulda bo’lib o’tadi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra ochilish marosimida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandar Vuchich va Bolgariya Respublikasi Bosh vazir Boyko Borisov ishtirok etadi.

Shu fursatdan foydalanib Prezident Erdo'g’anning Istanbulga tashrif buyuradigan davlat va hukumat rahbarlari bilan o’zaro uchrashuvlar o’tkazishi kutilmoqda.

Agar uchrashuvlar amalga oshgudek bo’lsa unda eng avvalo o’zaro munosabatlar har jihatdan ko’rib chiqiladi.

Shuningdek Suriya va Liviya bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy va xalqaro masalalar ustidan fikr almashilishi ham mumkin.

Aytib o'tish joizki Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ochilish marosimida ishtirok etish uchun kecha Istanbulga tashrif buyurgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: Istanbul , Turk oqimi

Aloqador xabarlar