Turkiya 4 oyda 158 ming tonna findiq eksport qildi

Bundan tushgan daromad 1 mlrd 93 mln 537 ming 514 dollarni tashkil qiladi.

Turkiya 4 oyda 158 ming tonna findiq eksport qildi

 

Turkiya 4 oyda 158 ming tonna findiq (turk yong'og'i) eksport qildi.

Bundan tushgan daromad 1 mlrd 93 mln 537 ming 514 dollarni tashkil qiladi.

Qoradengiz findiq mahsulotlari eksportchilari ittifoqi ma'lum qilishicha, 2019-2020 yildagi eksport mavsumining dastlabki 4 oyida (2019 yil 1 sentyabr-31 dekabr) standard tabiiy findiqning 100 kg i taxminiy 661 dollardan savdoga chiqarildi.

Bu davrda 158 ming 584 tonna findiq eksportidan 1 mlrd 93 mln 500 mingdan ortiq daromad olindi.

O'tgan yilgi mavsumning ayni davrida 117 ming 783 tonna findiq eksport qilingandi.

Bundan tushgan daromad esa, 654 mln 763 ming 771 dollarni tashkil qilgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: eksport , findiq , Turkiya

Aloqador xabarlar