Tarixiy saroy, ko’shk va qasrlarni tomosha qilgan sayyohlar sonida rekord o’rnatildi

Tarixiy saroy, ko’shk va qasrlarni tomosha qilgan mahalliy va chet ellik sayyohlar sonida yangi rekord o’rnatildi.

1333687
Tarixiy saroy, ko’shk va qasrlarni tomosha qilgan sayyohlar sonida rekord o’rnatildi

Tarixiy saroy, ko’shk va qasrlarni tomosha qilgan mahalliy va chet ellik sayyohlar sonida yangi rekord o’rnatildi.

Milliy Saroylar Idorasi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra 2019-yili tashrif buyurgan jami sayyohlar soni 2018-yilga nisbatan 27 foizga ortar ekan raqamlar 1 million 430 mingdan 1 million 815 ming nafarga chiqdi.

Chet ellik sayyohlar sonida esa 43 foizlik ortish kuzatilar ekan raqamlar soni 700 mingdan 1 million kishiga yetdi.

Istanbuldagi Dolmabaxche saroyi 1 million 306 ming kishini mehmon qildi. Ulardan 915 ming nafarini chet ellik sayyohlar tashkil etadi.

Beylerbeyi saroyi 173 ming 415, Ihlamur qasri esa 85 ming kishini mehmon qildi.

Milliy saroylarga qarashli binolarning faqatgina bog’ini tomosha qilmoqchi bo’lganlar soni esa 31 foizlik ortish bilan 100 mingga yetgan.

Bog’larni tomosha qilish bo’yicha sayyohlar (15 ming) eng ko’p Kuchuksu qasriga qiziqqan.

Milliy saroylarni o’tgan yili eng ko’p Ispaniya, Italiya va Gretsiyadan kelgan sayyohlar tomosha qilgan.



Aloqador xabarlar