Turkiya asal eksportidan 10 oyda 18 406 57 dollar daromad qo’lga kiritdi

Turkiya 10 oyda dunyoning to’rt burchagiga 4146 tonna asal eskport qilindi.

Turkiya asal eksportidan 10 oyda 18 406 57 dollar daromad qo’lga kiritdi

Dunyoning to’rt burchagida sevib iste’mol qilingan turk asalining 2019-yilning yanvar oyidan boshlab oktabr oyigacha bo’lgan eksportidan mamlakat 18 million 406 ming 57 dollar daromad qo’lga kiritdi.  

Sharqiy Qora dengiz eksportchilari uyushmasi tomonidan yig’ilgan ma’lumotga ko’ra Turkiyadan yilning 10 oylik davrida dunyoning to’rt burchagiga 4146 tonna asal eskport qilingan.

Turkiyaning asal eksporti bozori ro’yhatining birinchi qatoriga Germaniya kiritilar ekan yuqorida aytilgan davrda mazkur davlatga 5 722 981 dollarlik 1461 tonna asal sotildi.

Asal eskportida Amerika Qo’shma Shtatlari 3 498 668 dollar bilan ikkinchi, Saudiya Arabistoni 2 457 255 dollar bilan uchinchi, Quvayt 1 27 169 dollar bilan to’rtinchi va 582 870 dollar bilan Avstriya beshinchi qatorga kiritildi.



Aloqador xabarlar