Do’nmez, Turk oqimi loyihasining joriy yilning oxgirigacha tamomlanishini ma’lum qildi

Fatih Do’nmez Turkiyaning Kirklareli viloyatiga qarashli Vize tumanidagi rus tabiiy gazini Yevropaga yetkazib berishi ko’zda tutilgan Turk oqimi loyihasining qurilish maydonchasida texnik xodimlar guruhi bilan yig’ilish o’tkazdi.

1307608
Do’nmez, Turk oqimi loyihasining joriy yilning oxgirigacha tamomlanishini ma’lum qildi

Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do’nmez Turk oqimi loyihasining joriy yilning oxgirigacha tamomlanishini ma’lum qildi.

Fatih Do’nmez Turkiyaning Kirklareli viloyatiga qarashli Vize tumanidagi rus tabiiy gazini Yevropaga yetkazib berishi ko’zda tutilgan Turk oqimi loyihasining qurilish maydonchasida texnik xodimlar guruhi bilan yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilish oldidan Kirklareliga, Turkiya va Yevropa jihatidan energetika xavfsizligiga katta hissa qo’shishi ko’zda tutilgan Turk oqimi loyihasining qurilish sohasida texnik jihatdan tekshiruv ishlari yuritish maqsadida kelganligini qayd etgan Do’nmez,

“Xudo xohlasa joriy yilning oxirigacha loyihamiz butunlay yo’lga qo’yilgan bo’ladi. Turk oqimi ikkita liniyadan iborat. Qora dengiz bo’ylab ikkita liniya keladi. Ikkalasi ham Kiyiko’yda quriqlikkka chiqadi” dedi.  

Mazkur loyihaning 2016-yilning 10-oktabri kuni Rossiya bilab Turkiya o’rtasida qo’l qo’yilgan shartnoma asosida boshlatilganligini eslatib o’tgan Do’nmez, eng avvalo loyihaning texnik jihatdan tayyorlanganligini belgilab o’tdi.

 



Aloqador xabarlar