Turkiya Qozog’istonga 275 million dollarlik investitsiya kiritdi

Turkiya yilning birinchi yarmida Qozog’istonga 275 million dollarlik investitsiya kiritdi.

Turkiya Qozog’istonga 275 million dollarlik investitsiya kiritdi

Turkiya yilning birinchi yarmida Qozog’istonga 275 million dollarlik investitsiya kiritdi.

Qozog’izstonning Tashqi ishlar vazirligining Investitsiya qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra mamlakatga joriy yilning birinchi yarmida to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan chet el investitsiyasi miqdori 2018-yilning huddi shu davriga nisbatan 3.1 foizga kamaygan holda 12.1 milliard dollarni tashkil etdi.

Yilning birinchi 6 oyida Qozog’istonga investitsiya kiritgan mamlakatlar ro’yhatida 3.4 milliard dollar bilan Niderlandiya birinchi qatorda o’rin oldi.  

Amerika Qo’shma Shtatlari 2.9 milliard dollar orqali ikkinchi, Shveytsariya 1 milliard dollar bilan uchinchi, Xitoy 922 milliard dollar bilan to’rtinchi, Rossiya 632 million dollar bilan beshinchi, Fransiya 537 million dollar bilan oltinchi, Belgiya 516 million dollar bilan yettinchi va Britaniya 336 million dollar bilan sakkizinchi qatorda o’rin oldi.  

Turkiya 275 million dollarlik investitsiya orqali eng oldingi investor davlatlar ro’yhatida to’qqizinchi va Yaponiya 214 million dollarlik investitsiya bilan o’ninchi qatorga kiritildi.

Turkiya o’tgan yilning birinchi yarmida Qozog’istonga 147.9 million dollarlik investitsiya kiritgandi.


Tanlangan kalimalar: Turkiya , Qozog'iston , investitsiya

Aloqador xabarlar