Istanbuldagi Sabiha Go’kchen xalqaro aeroporti 240 mln yo’lovchiga xizmat berdi

Ma’lumotga ko’ra, ushbu aeroport 2009 yili davrning bosh vaziri Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan tantanali ravishda xizmatga topshirilgandi.

1295479
Istanbuldagi Sabiha Go’kchen xalqaro aeroporti 240 mln yo’lovchiga xizmat berdi

 

 

2009 yilning 31 oktyabrida ochilgan Istanbuldagi Sabiha Go’kchen xalqaro aeroporti 10 yil ichida 240 mln yo’lovchiga xizmat berdi.

Bu haqda Sabiha Go’kchen xalqaro aeroporti (İSG) rahbariyati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu aeroport 2009 yili davrning bosh vaziri Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan tantanali ravishda xizmatga topshirilgandi. Aeroport binosi birinchi yildayoq 11 mln 598 ming yo’lovchiga xizmat ko’rsatdi.

Yildan yilga o’z yo’lovchi sonini oshirgan Sabiha Go’kchen xalqaro aeroporti 2018 yili 34 mln 58 ming yo’lovchiga mezbonlik qilar ekan, 2019 yilda bu raqam 36 mlnga ortishi kutilmoqda.

2009 yili ochilgan aeroport 33 mln yo’lovchi hajmiga ega bo’lib, keyinchalik mavjud terminal binosi 2018 yili kengaytirilib, 33 mlndan 41 mln hajmga chiqarilgandi. Aeroportni qayta kengaytirish faoliyatlariga 26 mln evro mablag’ sarf qilingandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar