Yevropa Ittifoqi davlatlari 2018 yili qahva importiga 7 mlrd 826 mln evro mablag’ sarfladi

Braziliya 2018 yili Yevropa Ittifoqi davlatlariga 901 ming tonna qahva import qildi.

1279680
Yevropa Ittifoqi davlatlari 2018 yili qahva importiga 7 mlrd 826 mln evro mablag’ sarfladi

 

Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlat 2018 yili qahva importiga 7 mlrd 826 mln evro mablag’ sarfladi.

Yevropa statistika tashkiloti (Eurostat) 1 oktyabr Xalqaro qahva kuni munosabati bilan qahva importiga doir ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko’ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlat o’tgan yili 3 mln 73 ming tonna qahva mahsuloti import qildi. Bunga jami 7 mlrd 826 mln evro mablag’ sarf qilindi.

Ushbu davrda Germaniya 1 mln 99 ming tonna, Italiya 587 ming tonna, Belgiya 277 ming tonna, Ispaniya 260 ming tonna, Fransiya 220 ming tonna va Buyuk Britaniya 193 ming tonna qahva import qildi.

Yevropa Ittifoqiga qahva import qilgan davlatlar orasida Braziliya birinchi o’rinda turadi.

Braziliya 2018 yili Yevropa Ittifoqi davlatlariga 901 ming tonna qahva import qildi. Shuningdek, Viyetnam 770 ming tonna, Honduras 228 ming tonna, Kolumbiya 173 ming tonna va Uganda 161 ming tonna qahva import qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #import , #qahva , #Braziliya

Aloqador xabarlar