Turkiyaga 3 ta kruiz kemada jami 4230 nafar sayyoh keldi

"Marella Discovery 2" kemasida 1850 sayyoh, "Celestyal Olympia" kemasida 1674 sayyoh va "Seven Seas Voyager" kemasida esa, 706 sayyoh Kushadasining Egey portiga kelib tushdi.

1262979
Turkiyaga 3 ta kruiz kemada jami 4230 nafar sayyoh keldi

 

Turkiyada turizm markaziga aylangan Aydin viloyati Kushadasi tumaniga 3 ta kruiz kemada jami 4230 nafar sayyoh keldi.

"Marella Discovery 2" kemasida 1850 sayyoh, "Celestyal Olympia" kemasida 1674 sayyoh va "Seven Seas Voyager" kemasida esa, 706 sayyoh Kushadasining Egey portiga kelib tushdi.

Aksariyati amerikalik bo’lgan sayyohlar ulkan hashamatli kruiz kemalardan tushib, avtobuslarda “Efes” antik shahri va “Maryam ona” cherkovlariga sayohatga chiqdi. Ba’zilari Kushadasi markazini tomosha qildi, u yerdagi savdo do’konlaridan turli-tuman sovg’alar xarid qildi.

Kushadasining Egey porti rahbari Aziz Gungo’r 2019 yilgi yoz mavsumida Kushadasiga 198 nafar kruiz kemasida jami 200 ming sayyoh kelishi kutilganligini, mavsumning oxirgi oylarida ko’zlangan maqsadlarga erishilganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, kelgusi yil nafaqat mamlakat uchun, balki turistik Kushadasi uchun turizmda rivojlanish davri bo’ladi.

“2020 yili Kushadasi portiga 300dan ortiq kruiz kemasi kelishi va ularda 350 ming sayyoh kelishi kutilmoqda”,-deb aytgan Kushadasining Egey porti rahbari Aziz Gungo’r.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kushadasi , #sayyoh , #turizm , #Turkiya

Aloqador xabarlar