Kushadasiga 3 ta kema orqali 2 850 nafar yo’lovchi keldi

Turkiyaning Aydin viloyatiga qarashli Kushadasi tumani, Kruiz turizmining eng muhim markazlaridan biri hisoblanadi.

1252089
Kushadasiga 3 ta kema orqali 2 850 nafar yo’lovchi keldi

Kruiz turizmining eng muhim markazlaridan biri hisoblangan Turkiyaning Aydin viloyatiga qarashli Kushadasi tumaniga 3 ta kema orqali 2 850 nafar yo’lovchi keldi.

Egey dengizi portidagi limanga Bahama bayrog’i osilgan "Venndam" va "Wind Star" shuningdek, Malta bayrog’i osilgan "Celestyal Olympia" kemalari yonashdi.

Kemalardan tushgan 2 850 yo’lovchining ko’pchiligi Amerika Qo’shma Shtatlari fuqarosi bo’lib ularning ba’zilari sayohat turlari orqali Izmirning Efes tumanidagi Maryam ona uyi va qadimiy Efes shahriga qarab yo’l oldi.

Sayohat turlarida ishtirok etmagan yo’lovchilarning ba’zilari esa shahar markazidan savdo sotiq qilishga qaror berdi.

 



Aloqador xabarlar