"Boeing 787-9 Dreamliner" uchog’i Vashingtonda suv salyuti bilan kutib olindi

Turk Havo yo’llari tomonidan yaqindagina flotiga qo’shib olingan yangi "Boeing 787-9 Dreamliner" yo’lovchi uchog’i birinchi Istanbul-Vashington safarini amalga oshirdi.

1250660

Turk Havo yo’llari tomonidan yaqindagina flotiga qo’shib olingan va “rüya uçak” (ro’yodek uchoq) deb ham tasvirlangan "Boeing 787-9 Dreamliner" uchog’i birinchi yo’lovchilarini Vashingtondagi xalqaro “Dulles” aeroportiga qo’ndirdi.

Aeroportga qarsaklar bilan qo’ngan uchoq, u yerda suv salyuti bilan kutib olindi.

THY yetakchilari Istanbuldan to’la kelgan birinchi “787-9 Dreamliner” uchog’ining Vashingtondan ham Istanbulga to’la qaytajagini ma’lum qildi.

THY tomonidan buyurtma berilgan 30 ta "Boeing 787-9 Dreamliner" rusumidagi uchoq shu yilning iyul oyida flotga qo’shilgandi.

Aytib o’tish joizki THYning flotiga qo’shilgan birinchi "Dreamliner" rusumidagi va shahid Eren Bulbulning aziz hotirasiga “Maçka” deb nomlantirilgan uchoq, birinchi safarida shu yilning 8-iyuli kuni mamlakatning Trabzon shahriga uchib borgandi. Ayni uchoq xalqaro yo!nalishdagi safarini esa shu yilning 17-iyuli kuni Istanbuldan Bali poytaxti Denpasarga qaratgan.

Tanlangan kalimalar: #THY , #Boeing 787-9 Dreamliner"

Aloqador xabarlar