Turkiyada xorijliklarga turar-joy sotish nisbatida ortish kuzatildi

Ma'lumotga ko'ra, Istanbul xorijliklarga turar-joy sotish bo'yicha birinchi o'rinda. Iyun oyida Istanbulda xorijliklarga 1009 ta uy sotilgan.

1237225
Turkiyada xorijliklarga turar-joy sotish nisbatida ortish kuzatildi

 

Turkiyada xorijliklarga turar-joy sotish nisbati shu yilning iyun oyida o’tgan yilning iyun oyiga nisbatan 30.5 foiz oshib, 2 689 nafarni tashkil qildi.

Bu haqda Turkiya statistika tashkiloti ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, Istanbul xorijliklarga turar-joy sotish bo'yicha birinchi o'rinda. Iyun oyida Istanbulda xorijliklarga 1009 ta uy sotilgan. Antaliyada 668 ta, Ankarada 134 ta, Yalovada 123 ta va Bursa shahrida 122 ta uy sotilgan.

Shu yilning iyun oyida Iroq fuqarosi bo'lgan 429 kishi, Eron fuqarosi bo'lgan 415 kishi, Rossiya fuqarosi bo'lgan 190 kishi, Germaniya fuqarosi bo'lgan 126 kishi, Buyuk Britaniya va Quvayt fuqarosi bo'lgan 113 kishi Turkiyadan uy sotib oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #turar-joy , #Turkiya

Aloqador xabarlar