Gazprom Ukrainaga 25 foiz arzon bahoda tabiiy gaz yetkazib berishni taklif qildi

“Gazprom” kompaniyasi direktori Aleksey Myuller Ukrainaga 25 foiz arzon bahoda tabiiy gaz yetkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Aleksey Myuller: “Ukrainaga tabiiy gaz sotish bilan bog’liq shartnoma Ukraina orqali Yevropaga yetkaziladigan tabiiy gaz bilan bog’liq shartnomadan yana-da muhimroq”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, “Gazprom” kompaniyasi Ukrainaga sotayotgan tabiiy gaz bahosini arzonlashtirishi mumkin.

“Ukrainaga 25 foiz arzon bahoda tabiiy gaz yetkazib berishimiz mumkin. Biz bunga tayyormiz”,-dedi Aleksey Myuller.

Eslatish joizki, Ukraina 2015 yil noyabrda Rossiyadan tabiiy gaz importini to’xtatgan edi. Ikki davlat o’rtasida imzolangan tabiiy gaz bilan ta’minlash va Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga yetkazish to’g’risidagi shartnoma muddati 2019 yil oxirida tugaydi.

Tanlangan kalimalar: Gazprom , Aleksey Myuller , Ukraina , tabiiy gaz

Aloqador xabarlar