Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 4 oyda 12.33 foiz oshdi

Yilning dastlabki 4 oyida Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 12.33 foiz oshib, 8 mln 735 ming 268 kishini tashkil qildi.

Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 4 oyda 12.33 foiz oshdi

 

 

Yilning dastlabki 4 oyida Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 12.33 foiz oshib, 8 mln 735 ming 268 kishini tashkil qildi.

Madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda turizm sohasida o’tgan yilning dastlabki 4 oyiga nisbatan 24.01 foiz ortish kuzatildi.

Turizmda yilning eng yuqori ko’rsatgichi aprel oyida qo’lga kiritildi. Bu oyda Turkiyaga xorijdan 3 mln 293 ming 176 nafar sayyoh kelgan.

“Turkiyaga eng ko’p sayyoh yuborgan davlat Germaniya va Rossiya bo’lib hisoblanadi. Ushbu ikki mamlakatdan Turkiyaga kelgan ziyoratchilar soni avvalgi yilga nisbatan katta ortish ko’rsatdi. Germaniyadan kelgan ziyoratchilar sonida 50 foiz, Rossiyadan kelgan ziyoratchilar sonida esa 35 foiz ortish kuzatildi”,-deyiladi ma’lumotda.

Aprel oyida 33.77 foiz ortish va 391 ming 579 ziyoratchi bilan Rossiya birinchi o’rinda.

Ro’yxatda Rossiyadan keyin Germaniya keladi. Aprel oyida Germaniyadan Turkiyaga kelgan ziyoratchilar soni 47.55 foiz ortish bilan 376 ming 59 nafarni tashkil qildi.

Bolgariyadan esa, 256 ming 72 nafar ziyoratchi kelgan bo’lib, bu 26.75 foizni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, yilning dastlabki 4 oylik davrida Germaniya 19.63 foiz ortish va 803 ming 483 ziyoratchi bilan birinchi o’rinda kelmoqda.

4 oyda Germaniyadan Turkiyaga kelgan ziyoratchilar soni 27.45 foizni tashkil qiladi. Bu esa 738 ming 784 kishini o’z ichiga oladi. Germaniyadan so’ng navbat bilan Rossiya, Eron va Gruziya davlatlari ro’yxatdan joy oldi.

Turkiyaga kelgan xorijlik ziyoratchilar asosan Istanbul, Antaliya va Edirne shaharlarini ziyorat qilganligi aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: turizm , ziyoratchi , sayyoh , Germaniya , Rossiya , Turkiya

Aloqador xabarlar