Turkiya AQSh tovarlariga boj solig'ini yarmiga kamaytirdi

AQShda ishlab chiqarilgan 22 ta mahsulotning Turkiyaga importi uchun joriy etilgan qo’shimcha boj solig’ini yarmiga kamaytirish to’g’risidagi qaror kecha kuchga kirdi.

1205876
Turkiya AQSh tovarlariga boj solig'ini yarmiga kamaytirdi

 

Turkiya Savdo vazirligi tomonidan AQSh tovarlari importiga tadbiq etilgan qo’shimcha moliyaviy majburiyatlarni yarmiga kamaytirdi.

AQShda ishlab chiqarilgan 22 ta mahsulotning Turkiyaga importi uchun joriy etilgan qo’shimcha boj solig’ini yarmiga kamaytirish to’g’risidagi qaror kecha kuchga kirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham o’tgan hafta Turkiyadan po’lat mahsuloti importiga joriy etgan 50 foizlik tarifni 25 foizga tushirgan edi.

Mutanosiblik asoslari doirasida Turkiya ham ba’zi AQSh mahsulotlariga joriy etgan tarifni ayni nisbatda pasaytirdi.

Eslatish joizki, AQSh hukumati 2018 yil 23 martdan e’tiboran Turkiyadan keladigan po‘lat va alyuminiy importiga navbati bilan 25 foiz va ortidan yana 10 foizlik yangi boj joriy qilgan edi.

Bunga javoban Turkiya ham 2018 yil 11 iyunda qaror qabul qilgan holda, AQSh tovarlariga qo’shimcha boj solig’i joriy etilishini yo’lga qo’ygan edi.

AQSh 2018 yil avgust oyida Turkiyada ishlab chiqarilgan po’lat mahsulotlari uchun joriy etgan boj solig’ini 50 foizdan oshirgach, Turkiya ham ba’zi AQSh tovarlariga qo’shimcha boj tarifini ikki barobarga oshirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #boj to'lovi , #soliq , #tovar

Aloqador xabarlar