Turkiya, Kipr va Sharqiy O’rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilishni davom ettiradi

Prezident Erdo'g’an, Gretsiya va Kiprning grek tomonining O’rta yer dengizida bir tomonli olaroq uglevodorod resurslari qidirish faoliyatlari olib borish ishlarini baholadi.

1199295
Turkiya, Kipr va Sharqiy O’rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilishni davom ettiradi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Kipr va Sharqiy O’rta yer dengizida barqarorlikning faqatgina Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining haq-huquq va manfaatlarining nazorat qilinishi orqaligina mumkinligini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo’g’an partiyasining bosh qarorgohida elchilarga atab uyushtirilgan an’anaviy iftor dasturida nutq so’zladi.

Prezident Erdo'g’an mazkur nutqida Gretsiya va Kiprning grek tomonining O’rta yer dengizida bir tomonli olaroq uglevodorod resurslari qidirish faoliyatlari olib borish ishlarini baholadi.

Sharqiy O’rta yer dengizida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash say-harakati ichida ekanliklarini eslatib o’tgan Erdo’g’an, “Kipr va Sharqiy O’rta yer dengizida barqarorlik faqatgina Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining haq-huquq va manfaatlarining nazorat qilinishi orqaligina ta’minlanishi mumkin. Mintaqadagi shoshma-shosharlikni aslo ko’rmaslikka olmaymiz. Bundan tomonlarning ham boxabar ekanligiga ishonchimiz komil. Shunday ekan bugungacha bo’lganidek bundan keyin ham barcha muammolarimizni o’zaro uchrashuv, muloqat va hamkorlik yo’li orqali hal qilish niyatidamiz” dedi.  



Aloqador xabarlar