Joriy yilda Turkiyadan 59 davlatga choy mahsuloti eksport qilindi

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi qaydlariga ko’ra, joriy yilning dastlabki ikki oyida Turkiyadan 666 tonna choy mahsuloti chet mamlakatlarga eksport qilingan.

1168657
Joriy yilda Turkiyadan 59 davlatga choy mahsuloti eksport qilindi

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Turkiyadan jami 59 davlatga qariyb 1 mln 674 ming dollarlik choy mahsuloti eksport qilindi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi qaydlariga ko’ra, joriy yilning dastlabki ikki oyida Turkiyadan 666 tonna choy mahsuloti chet mamlakatlarga eksport qilingan.

O’tgan yilning ayni davrida 416 tonna choy mahsuloti eksport qilingan bo’lib, bundan tushgan daromad 1 mln 208 ming 231 dollarni tashkil qilgan edi.

Natijada, ushbu davrda amalga oshirilgan choy eksporti o’tgan yilning ayni davriga nisbatan miqdor jihatidan 60 foiz, qiymat jihatidan esa 39 foiz ortish ko’rsatdi.

Faqatgina dastlabki ikki oyning o’zida Turkiyadan Germaniyaga 363 ming 109 dollarlik, Belgiyaga 239 ming 71 dollarlik, Fransiyaga esa 225 ming 543 dollarlik choy mahsuloti eksport qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #choy , #eksport

Aloqador xabarlar