Yevropa investitsiya banki Gruziyaga 250 mln evrolik kredit beradi

Bu haqdagi shartnoma poytaxt Tbilisida Gruziya moliya vaziri Ivane Machavariani bilan Yevropa investitsiya banki direktor o’rinbosari Vazil Hudak tomonidan imzolandi.

1148483
Yevropa investitsiya banki Gruziyaga 250 mln evrolik kredit beradi

Yevropa investitsiya banki turli transport poydevori loyihalarini amalga oshirish uchun Gruziyaga 250 mln evrolik kredit beradi.

Bu esa, Gruziya iqtisodiyoti raqobatbardoshligini kuchaytirish va transport poydevori loyihalaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Bu haqdagi shartnoma poytaxt Tbilisida Gruziya moliya vaziri Ivane Machavariani bilan Yevropa investitsiya banki direktor o’rinbosari Vazil Hudak tomonidan imzolandi.

Hukumat binosida o’tkazilgan marosimga Gruziya bosh vaziri Mamuka Bahtadze, gruzin vazirlar va Yevropa Ittifoqining Tbilisidagi vakolatxonasi rahbari Karl Hartzell ishtirok etdi.

Shartnomani imzolash marosimidan so’ng, matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Gruziya bosh vaziri Mamuka Bahtadze 250 mln evrolik kredit Gruziyaga berilgan katta yordam ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Yevropa investitsiya banki Gruziyaga katta hajmda investitsiya olib kelgan xalqaro tashkilotlardan biri ekanligini qayd etdi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur bank bilan kelgusida ham yaqindan hamkorlik davom etadi.

Yevropa investitsiya bankidan olingan kredit Gruziyani Ozarbayjon va Armanistonga bog’lovchi yo’l loyihalari uchun sarf qilinadi.

“Bank tomonidan ajratilgan 250 mln evrolik kredit Rustavi-Kizil ko’prik bilan Rustavi-Sadakhlo magistralini qurish va reabilitatsiya loyihalariga yo’naltiriladi”,-deb aytgan Gruziya bosh vaziri Mamuka Bahtadze.

Yevropa investitsiya banki direktor o’rinbosari Vazil Hudak: “Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga integratsiya jarayoni davom etmoqda. Bu yo’lda Gruziyaga yordam berishga tayyormiz”,-dedi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa investitsiya banki tomonidan Gruziyaga ajratilgan 250 mln evrolik kredit avvalroq Yevropa Ittifoqi tomonidan Gruziyaga ajratilgan 6.1 mlrd dollarlik yordam fondining bir bo’lagi hisoblanadi.

 

 



Aloqador xabarlar