Sharqiy Qora dengizdan bu yil dunyoning 124 ta davlatiga eksport amalga oshirildi
Sharqiy Qora dengizdan bu yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha dunyoning 124 ta davlatiga eksport amalga oshiirldi.
Sharqiy Qora dengizdan bu yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha dunyoning 124 ta davlatiga eksport amalga oshiirldi.
Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi Boshqaruv kengashi raisi Saffet Koyunju shu haqidagi yozma bayonotida Trabzon, Rize, Artvin va Gumushhanedan yilning 10 oyida 927 million 708 ming dollarlik eksport amalga oshirganliklarini ma’lum qildi.
Viloyatlarga ko’ra Trabzondan 746 million 476 ming dollarlik, Rizedan 111 million 40 ming dollarlik, Artvindan 45 million 881 ming dollarlik, Gumushhanedan 24 million 309 ming dollarlik eksport amalga oshirilganligini eslatgan Kalyonju funduk va mahsulotlari, yangi meva sabzavotlar bilan tog'-kon sanoati mahsulotlarining tashqi savdoda yetakchi o’rinni egallaganligini ifoda etdi.
Kalyonju yuqorida nomi tilga olingan mintaqadan shu yilning yanvar-oktabr oylarida dunyoning 124 davlatiga mahsulot sotilganligini, eng ko’p eksport amalga oshirilgan davlatlarning Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Gruziya, Italiya va Fransiya ekanligini qayd etdi.
Eksportning 496 million dollarining funduk va mahsulotlaridan, 149 million 951 ming dollarining yangi meva va sabzavot mahsulotlaridan, 92 million 551 ming dollarining tog'-kon sanoati mahsulotlari ustidan qo’lga kiritilganligini ta’kidlagan Kalyonju oldingiga qaraganda eksport miqdori eng ko’p ortgan davlatlarning Vetnam, Turkmaniston, Mavritaniya, Yaman va Ruminiya ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.
Aloqador xabarlar
Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi o'sishda davom etmoqda
Turkiya Statistika instituti sanoat ishlab chiqarish indeksi ma'lumotlarini e'lon qildi.