Makka va Madina shaharlari bo’ylab tezyurar poyezd qatnovi boshladi

Yaqin Sharqning eng yirik transport loyihalaridan biri hisoblangan “Haramayn” tezyurar poyezd qatnovining muqaddas Madina va Makka shaharlari o’rtasidagi qatnovi boshladi.

1067677
Makka va Madina shaharlari bo’ylab tezyurar poyezd qatnovi boshladi

Saudiya Arabistonining Makka bilan Madina shaharlari o’rtasida hoji va umra qiluvchilarning kelish va ketishlarini qulaylashtiradigan “Haramayn” tezyurar poyezd qatnovi boshladi.

Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi tarqatgan shu haqidagi ma’lumotga ko’ra, Yaqin Sharqning eng yirik transport loyihalaridan biri hisoblangan “Haramayn” tezyurar poyezd qatnovining muqaddas Madina va Makka shaharlari o’rtasidagi qatnovi boshladi.

“Haramayn” tezyurar poyezd loyihasi direktori Saad ash-Shahriy, birinchi safarning 417 yo’lovchi bilan bir xil vaqtning o’zida har ikki tomonga ham uyushtirilganligi qayd etdi.  

Loyiha shu yilning 25-sentabri kuni Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz tomonidan ochilgan edi.

Makka va Madina o’rtasida 2 milliard AQSh dollariga qurilgan tezyurar poyezd yo’lining 1 yilda 60 million yo’lovchiga xizmat berishi kutilmoqda.

Sanoat hududlari, iqtisodiyot shahri, aeroport va shahar markazlarini bir-biriga bog'lab turgan 460 kilometrlik yo’l, ziyoratchilarning avtomobil yo’li orqali sarflaydigan vaqtini 4 soatdan 300 kilometrlik tezlik bilan 1 soat 20 daqiqaga qisqartiradi.

Saudiya Arabistoni o’tgan yili 2 million 400 mingga yaqin hoji va qariyb 7 million umrachiga mezbonlik qilgan edi.  



Aloqador xabarlar