Turkiya iqtisodiy urushga qarshi yangi choralar ko’rmoqda

G’aznachilik va moliya vazirligi real sektor va bankalarning og’irini yengil qilish uchun bir qator chora va tadbir ko’rilganligini ma’lum qildi.

1034452
Turkiya iqtisodiy urushga qarshi yangi choralar ko’rmoqda

Turkiyaga qarshi ochilgan iqtisodiy urushni to’xtatish uchun yangi choralar ko’rilmoqda.  

Shu doirada G’aznachilik va moliya vazirligi real sektor va bankalarning og’irini yengil qilish uchun bir qator chora va tadbir ko’rilganligini ma’lum qildi.

Shunga ko’ra kreditdan foydalanish liniyalari ochiq tutiladi.

Valyuta kursining tebranishi yuzasidan limiti oshib ketadigan kreditlarda limit ortisihi e’tiborga olinmaydi.  

G’aznachilik va moliya vazirligi Banklar Assotsiatsiyasi bilan birga yuqorida nomi tilga olingan chora va tadbirlar doirasida har bir firmaning vaziyatini alohida-alohida diqqat bilan qo’lga olajagini ma’lum qildi.

Bugundan e’tiboran kuchga kiradigan choralar doirasida,

Firmalarning naqd pul siyosatida to’lovlarining muddati va erkin narx belgilash imkonlari davom etadi.  

Valyuta kursining tebranishi yuzasidan limiti oshib ketadigan kreditlarda limit ortisihi e’tiborga olinmaydi, kreditni yopish talabi qo’yilmaydi.  

Kredit olgan va valyutaning tebranishi oqibatida asosiy kreditni qoplash uchun yetarli kafolatlar taqdim eta olmagan firmalardan qo'shimcha kafolatlar talab qilinmaydi.

Shu yilning 8-avgustidan e’tiboran o’rtaga chiqqan iqtisodiy vaziyat yuzasidan kredit qarzini kechiktirgan,  to’lanmagan va e’tiroz qilingan qimmatli qog’ozlar Risk markaziga “maxsus kod” orqali yuboriladi.

Bu choralar, firmalarning kredit olishiga to’siqlik qilmaydi.



Aloqador xabarlar