Chet ellik sayyohlar: “Hech ikkilanmay dam olish uchun Turkiyaga keling”.
Egey dengizining muhim turizm markazlaridan biri hisoblangan Didimdagi chet ellik sayyohlar Turkiyaning tabiati, dengizi va aholisi bilan ajoyib mamlakat ekanligiga e’tibor qaratib, sayyohlarni dam olish uchun Turkiyaga taklif qildi.
Egey dengizining muhim turizm markazlaridan biri hisoblangan Aydin viloyatining Didim tumanida dam olayotgan chet ellik sayyohlar Turkiyaning tabiati, dengizi va aholisi bilan ajoyib mamlakat ekanligiga e’tibor qaratgan holda sayyohlarni, “Hech ikkilanmay dam olish uchun Turkiyaga keling” deb taklif qildi.
Tabiati va madaniy boyligi bilan dunyodagi eng taniqli 1606 metr uzunligidagi Altinkum plyaji bilan dam olish markazlari orasida alohida o’ringa ega bo’lgan Didim, har yili yuz minglab mahalliy va chet ellik sayyohga mezbonlik qilmoqda.
Didimga tashrif buyurganlar qadimiy Milet shahri bilan tarixiy Apollon ibodatxonasini ko’rmay Turkiyadan ketolmaydi.
Angliyalik sayyohlarning Didimdan uy-joy olib yashashi tufayli xalq orasida “Kichik Angliya” deb yodga olingan tumanga yoz mavsumida bir kunlik dam olish rejasi bilan qariyb 500 ming kishi tashrif buyurmoqda.
Barcha xizmat turlarini qamrab oluvchi mehmonxona yoki butik-otellardan joy ajratgan sayyohlar tumaning tabiati, dengizi va Turk xalqining mehmondo’stligi tufayli dam olish kunlarini ko’ngildagidek o’tkazmoqda.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning Serbiyaga yo‘lga qo‘ygan eksportida o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Serbiyaga yo‘lga qo‘ygan eksportida 21.5 foiz o‘sish qayd etildi.