Bu yil Turkiyadagi rus sayyohlar sonida ortish kuzatildi
Rossiyaning Energetika vaziri Aleksandr Novak, Rossiyadan Turkiyaga kelgan sayyohlar sonining 2017-yilning birinchi yarmida o’tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 10 barobarga ortganligini qayd etdi.

Rossiyaning Energetika vaziri Aleksandr Novak, Rossiyadan Turkiyaga kelgan sayyohlar sonining 2017-yilning birinchi yarmida o’tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 10 barobarga ortganligini qayd etdi.
Rossiyaning “Rossiya-24” telekanaliga intervyu bergan Novak, “Charter reyslar ustidan qoyilgan cheklovlar bekor qilinishi tufayli bu yil Turkiyaga borgan rossiyalik sayyohlar soni sezilarli darajada ortdi. Yarim yillik ma'lumotlarga ko’ra bu yil Turkiyaga qariyb 1 million 600 ming sayyoh bordi degan fikrdamiz. Holbuki o’tgan yili ayni shu davrda Turkiyaga Rossiyadan atigi 168 ming kishi borgan, yani bu yilgi raqam o’tgan yilga nisbatan 10 barobarga ortdi. Bu ketishda bu yilgi raqamlar 2015-yildagi Turkiyadagi 3 millionlik rus sayyoh soniga yetadi degan fikrdamiz” dedi.
Shuningdek Aleksandr Novak, Turizm tarmog’ining Rossiya va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi jihatidan katta ahamiyat kasb etagnligini va Rossiyaning ham Turkiyadan kelgan sayyohlar sonining ortishiga alohida e’tibor berganligini ma’lum qildi.
Aloqador xabarlar

EDEX 2023 ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi
EDEX 2023 ko‘rgazmasi Misr poytaxti Qohirada oʻz ishini boshladi.