Turkiyada eksport joriy yilning iyul oyida o’tgan yilning iyul oyiga nisbatan 28.3% oshdi

Turkiya Statistika tashkiloti bilan Bojxona va savdo vazirligi tomonidan tuzilgan hisobotda bu haqda batafsil ma’lumot berildi.

798276
Turkiyada eksport joriy yilning iyul oyida o’tgan yilning iyul oyiga nisbatan 28.3% oshdi

Turkiyada eksport joriy yilning iyul oyida o’tgan yilning iyul oyiga nisbatan 28.3% oshib, 12 mlrd 641 mln dollarga yetdi.

Import esa, 46.2% oshgan holda, 21 mlrd 484 mln dollarni tashkil qildi.

Turkiya Statistika tashkiloti bilan Bojxona va savdo vazirligi tomonidan tuzilgan hisobotda bu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Hisobotga ko’ra, shu yilning iyulida o’tgan yilning iyul oyiga nisbatan tashqi savdo kamomadi 4 mlrd 845 mln dollardan 82.5% oshgan holda, 8 mlrd 843 mln dollarga yetdi.

Eksportning importni qoplash nisbati o’tgan yilning iyul oyida 67%ni tashkil qilar ekan, joriy yilning iyul oyida esa, 58.8%ga tushdi.

Yilning 7 oyi mobaynida Turkiyaning eksporti o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 10.6% oshgan holda, 90 mlrd 61 mln dollarga, importi esa, 13.5% oshgan holda 129 mlrd 807 mln dollarga yetdi.

Ushbu davrda tashqi savdo kamomadi 20.7% ortish ko’rsatib, 399 mlrd 746 mln dollarni tashkil qildi.

Eksportning importni qoplash nisbati esa, 69.4%ga yetdi.

 

 



Aloqador xabarlar