Jahon iqtisodiyoti 31-qism

Turkiya geografik joylashuvi jihatidan qayta ishlab chiqiladigan energiya manbalariga boy va bu jihatdan katta imkoniyatlarga ega.

782247
Jahon iqtisodiyoti 31-qism

           

Kunimizda davlatlarning energiyaga bo’lgan ehtiyojini mahalliy imkoniyatlar bilan qondirishning eng unumdor yo’li qayta ishlab chiqiladigan energiya bo’lib hisoblanadi.

Tabiiy manbalardan olingan va doimiy qayta ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan bunday energiya turlarining jahon energiya iste’molidagi hissasi oxirgi yillardagi texnologik o’zgarishlar ta’sirida 20%ga yetdi.

Turkiya davr talabi bilan qayta ishlab chiqiladigan manbalardan foydalanishni kundan kunga orttirmoqda va bu sohadagi faoliyatlarini jadallik bilan davom ettirmoqda.

Turkiya geografik joylashuvi jihatidan qayta ishlab chiqiladigan energiya manbalariga boy va bu jihatdan katta imkoniyatlarga ega. Hatto, qayta ishlab chiqiladigan manbalar jihatidan bir qancha Yevropa ittifoqi davlatiga nisbatan yana ham unumdor xususiyatga ega.  Turkiya qayta ishlab chiqiladigan energiya manbalarini ishlab chiqarish va bunga xos texnologiya yaratish uchun mavjud imkoniyatlardan yaxshi foydalanishi zarur.

2016 yili Turkiyaning qayta ishlab chiqiladigan energiya bo’yicha jami kuchi taxminan 35 GW deb hisoblangan.

Qolaversa, 2016 yili elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta ishlab chiqiladigan manbalardan foydalanish darajasi 35% atrofida. Bu manbalar orasida eng katta hissani 26% bilan gidroenergiya olar ekan, shamol, quyosh, geotermal va boshqa manbalarning ishlab chiqarishdagi hissasi 9%ni tashkil qiladi xalos.

Turkiyada shamol energiyasiga jalb qilingan investitsiyalar va quyosh energiyasi asosida tuzilgan rejalar ijobiy natija bermoqda. Bu doirada aniq tashabbuslardan biri sifatida energetika va tabiiy manbalar vazirligi tomonidan olib borilayotgan mahalliy energiya va ma’dan siyosatini aytish mumkin.

Turkiyada mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalanib, qayta ishlab chiqiladigan energiya manbalaridan oqilona foydalanish xususida muhim strategiyalar ushbu siyosat ostida ko’zdan kechiriladi. Milliy energetika va ma’dan siyosatining yana bir muhim jihati qayta ishlab chiqiladigan energiya siyosatlari sohasida muhim yangiliklarga ega bo’lgan mahalliylashtirish strategiyasidir.

Bu strategiya asosida chetga to’belik kamayadi va import manbalarning o’rnini mahalliy manbalar olishi ta’minlanadi. Mahalliylashtirish strategiyasi shu bilan birga qayta ishlab chiqiladigan manba sohasi bo’lmish YEKA jarayonini paydo qildi.

YEKA jarayoni - Turkiyaning qayta ishlab chiqiladigan manba hajmini orttirish va energiya texnologiyalarida mahalliy ishlab chiqarishni amalga oshirish jihatidan juda muhim. Bu doirada joriy yilning mart oyida Koniyada Turkiya bo’yicha eng katta quyosh stansiyasi qurildi. Qayta ishlab chiqiladigan energiya manbalariga boy bo’lgan Turkiyada, asosan quyosh energiyasini olish bo’yicha katta imkoniyatlar mavjud. Energiya hajmini oshirish jihatidan esa shamol energiyasidan foydalanish mumkin.  Turkiya quyosh energiyasi jihatidan juda katta unumdor maydonlarga ega. 1.3 mlrd dollarlik sarmoyaga ega bo’lgan “YEKA 1-GES” tenderi esa, bu imkoniyatdan oqilona foydalanish maqsadida hayotga tadbiq etilgan ulkan loyihalardan biridir. Ushbu loyiha asosida quyosh energiyasi stansiyasi qurilishi rejalanmoqda va bundan yilda 1.7 mlrd kilovat soat elektr ishlab chiqarish ko’zda tutilmoqda.

Quyosh energiyasidan keyin navbatda shamol energiyasi loyihasi mavjud. Turkiyada shamol energiyasidan foydalanish darajasi 30%ni tashkil qilgan bir paytda, sektorning mutahassislari ishtirokida 1000 MW lik “YEKA-RES” tenderi o’tkaziladi. Bu loyihada 65% mahalliy imkoniyatlardan foydalanish rejalangan va 80% mahalliy muhandislar bilan mahalliy ishlab chiqarish kuchi oshirilar ekan, boshqa tomondan qo’shimcha ish o’rinlari yaratilmoqda.

Mahalliy imkoniyatlar bilan energiya ishlab chiqish uchun hukumat tomonidan tashviq va investitsiyalar kelgusi davrda energiyada chetga to’belikni kamaytiradi, ayni paytda joriy kamomad natijalarini yuqori darajaga ko’taradi.  Bu esa, iqtisodiyotga ijobiy ma’noda katta hissa qo’shadi. Turkiya mavjud qayta ishlab chiqiladigan energiya unumdorligini oshirish va bu sohadagi siyosat va strategiyalarini kuchaytirib, qayta ishlab chiqiladigan energiyada markaziy bazaga aylanishni maqsad qilmoqda.



Aloqador xabarlar