Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 30-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Boku-Tbilisi va Kars temir yo’li loyihasi va uning mintaqaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

778248
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 30-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari,

Turkiya Respublikasi Transport vaziri Ahmet Arslan ozarbayjonlik, gruziyalik va qozog’istonlik vakillar bilan Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li orqali Turkiyaning Kars viloyatidan Gruziyaga sayohat qildi. Bu bilan loyiha doirasida birinchi yo’lovchi tashish faoliyati amalga oshgan bo’ldi. Xalqaro liniyaning xalq xizmatiga esa joriy yilning sentabr oyida ochilishi rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va insonlar dunyoda yana-da erkin harakat qilmoqda. Shuning uchun ham samarali va muqobil xalqaro transport tarmoqlarini rivojlantirish, jadallik bilan ortgan dunyo tijorati ehtiyojlarini ta’minlash jihatidan majburiy hisoblanadi. Xalqaro bozorlarda ortgan raqobat yuzasidan esa ishlab chiqarilgan mahsulotlarni dunyo bozorlariga maqul narxlarda, o’z vaqtida yetkazib berilishi ham alohida masuliyatdir. Shunday ekan bugungi kun iqitosodiyotida transport tarmog’iga bo’lgan ehtiyoj, ishlab chiqarish tarmog’idek muhim ekanligini eslatib o’tsak mubolag’a bo’lmaydi.

Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li liniyasining uzunligi 838.6 kilometrdan iborat bo’lib, Ozarbayjon poytaxti Bokudan boshlab Gruziya poytaxti Tbilisigacha yetib keladi. U yerdan Turkiyaga qarab davom etgan liniya mamlakatning Kars viloyatiga kelib to’xtaydi. Ushbu liniya eng avvalo Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya o’rtasida xizmat beradi. Keyinchalik esa Xitoy va Turkiya o’rtasida xizmatga tushadigan poyezdlar uchun ham foydalanilish ehtimoli bor.   

Boku-Tbilisi-Jeyhan va Boku-Tbilisi-Erzurum loyihalari ortidan ushbu uch mamlakat tomonidan yo’lga qo’yilgan ushbu uchinchi yirik loyiha, uchala mamlakatning tarixdan bugungi kungacha yetib kelgan do’stliklarini mustahkamlab, mintaqa xalqiga tinchlik va totuvlik olib keladi.

Ushbu loyihaning yana bir maqsadi mintaqada energiya yo’lagi tashkil etishdir. Shu doirada Ozarbayjonning neft va kimyoviy mahsulotlarini huddi mana shu liniya orqali butun dunyoga yetkazib berilishi ko’zlanmoqda. Bunga qo’shimcha sifatida Turkiya bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi mavjud safarlarning ko’pchiligi ham mana shu liniyaga o’tadi.

Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li liniyasi Ozarbayjon-Gruziya va Turkiya o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga ham ijobiy hissa qo’shadi. Armaniston orqali o’tgan lekin bugungi kunda yopib qo’yilgan Kars-Gumru-Tbilisi liniyasiga esa ehtiyoj qo’lmasligi tufayli Armaniston yana-da yakkalanib qoladi. Bu vaziyatda Ozarbayjon, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarining ham yo’llarda gapi o’tadigan bo’ladi.

Boku-Tbilisi-Kars faqatgina bir temir yo’li loyihasi emas, ayni vaqtda tarixiy Ipak yo’lining qayta tiklanishi hisoblanadi. Bu vaziyat Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning savdo hajimlarining ham ortisihiga yo’l ochadi. 

Bu loyiha ustidan eng yirik yutuqni Ozarbayjon qo’lga kiritadi desak ham bo’ladi. Chunki Ozarbayjon neft mahsulotlarini Turkiyaga shu yo’l orqali ham yetkazib bera oladi. Turkiya ustidan esa Yevropa va boshqa mintaqalarga Turkiyadagi portlar va temir yo’llari orqali bog’lashi mumkin.   

Turkiya, geostrategik o’rni va Yevroosiyo davlatlari bilan bo’lgan terang mushtarak tarixi va madaniyatidan kuch olgan holda mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish salohiyatini orttirishga harakat qilmoqda. Hamkorlik loyihalarining orttirilishi Yevroosiyo mintaqasining faqatgina mintaqaviy hamkorligi jihatidan emas ayni vaqtda mintaqaning xalqaro hamjamiyatiga eng a’lo darajada integratsiya bo’lishi jihatidan ham muhimdir. Mintaqaning iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo’shadigan bunday loyihalar, mintaqa xalqalri o’rtasidagi munosabatni mustahkamlab, mintaqa tinchligi va barqarorligi uchun mustahkam poydevor tashkil etishni davom ettiradi.     

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar