Turkiyaga oktabr oyida kelgan sayyohlar soni hisoblab chiqildi

Turkiyada bir oy davomida jami 2,5 million xorijlik sayyoh hordiq chiqardi, o'tgan yili bu raqam 3,3 million kishini tashkil qilgandi.

620614
Turkiyaga oktabr oyida kelgan sayyohlar soni hisoblab chiqildi

Turkiyaga oktabr oyida kelgan sayyohlar miqdori hisoblab chiqildi.

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi saytida bu haqdagi ma`lumotga o’rin berilgan.

Ta`kidlanishicha, 2015 yilning oktabr oyi bilan taqqoslaganda sayyohlar oqimi biroz pasaygan. 

Hisobotga ko’ra, oktyabr oyida Turkiyaga Germaniyadan kelgan sayyohlar soni ko’pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, oktyabrda Germaniyadan 491 ming sayyoh Turkiyaga kelib dam olgan.

Ikkinchi o’rin rossiyaliklarga tegishli bo’lib, Rossiyadan 223 ming sayyoh Turkiyaga kelgan.

Uchinchi o'rin Gruziyadan kelgan sayyohlarga nasib etdi. Ya’ni Gruziyadan 178 ming sayyoh Turkiyada dam olgan.

Turkiya kurortlarida bir oy davomida jami 2,5 million xorijlik sayyoh hordiq chiqardi.

 O'tgan yili bu raqam 3,3 million kishini tashkil qilgandi.
 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Germaniya , #dam olish , #ta'til , #sayyoh

Aloqador xabarlar