Turkiyada Xitoyning eng katta banki o’z filialini ochmoqda

Bank sistemasini tartibga solish va nazorat qilish tashkiloti (BDDK) dunyoning eng katta banklaridan biri “Bank of China”ga Turkiyada o’z filialini ochishga ruxsat bergan.

483299
Turkiyada Xitoyning eng katta banki o’z filialini ochmoqda

Turkiyada Xitoyning eng katta banki o’z filialini ochmoqda.

Bank sistemasini tartibga solish va nazorat qilish tashkiloti (BDDK) dunyoning eng katta banklaridan biri “Bank of China”ga Turkiyada o’z filialini ochishga ruxsat bergan.

Turkiyaning iqtisodiyotdan mas’ul bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek bu haqda ma’lum qiladi.

Mehmet Shimshekning aytishicha, Xitoy banki yanvar oyida Bank sistemasini tartibga solish va nazorat qilish tashkilotiga Turkiyada filial ochish to’g’risida murojaat qilgan va bankning murojaati qabul qilingan.

Bank of China dunyoda eng katta 7-bank ekaniga e’tibor qaratgan Mehmet Shimshek, ushbu murojaat xorijliklarning Turkiyaga ko’rsatgan e’tiborining yaqqol ifodasi ekanini ma’lum qildi.

Ma’lum bo’lishicha, bankning markazi Istanbulda joylashadi.

Bankchilik qonuniga ko’ra, Bank of China 9 oy ichida xizmat bera boshlaydi.

Turkiyada bankchilik sohasida raqobat darajasi baland ekanini bildirgan Mehmet Shimshekning fikricha, Xitoy bankining Turkiyaga kirib kelishi bilan raqobat yanada kuchayadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Xitoy , #bank , #Bank of China , #filial , #Istanbul

Aloqador xabarlar