Turkiya iqtisodiyoti o'tgan yili 4% rivojlandi

Turkiya Statistika tashkiloti ma'lum qilishicha, o'tgan yilning faqatgina oxirgi choragida Turkiya iqtisodiyoti ​ 5.7% rivojlanish kuzatilgan.

461897
Turkiya iqtisodiyoti o'tgan yili 4% rivojlandi

Turkiya iqtisodiyoti o'tgan yili 4% rivojlandi.

Turkiya Statistika tashkiloti ma'lum qilishicha, o'tgan yilning faqatgina oxirgi choragida Turkiya iqtisodiyoti ​ 5.7% rivojlanish kuzatilgan.

Iqtisodiyotdan mas'ul bosh vazir o'rinbosari Mehmet Shimshek: “Turkiya G-20 davlatlari ichida eng tezkor ravishda rivojlangan 4-davlat hisoblanadi. Xitoy va Hindistondan tashqari rivojlanayotgan davlatlardan ikki barobar rivojlandi",-dedi.

Mehmet Shimshek 2015 yildagi rivojlanish tezligi davom etganini tilga olib, o'tgan yili Turkiyada taxminan 700 ming kishi, global krizis boshlangandan beri esa, 6.7 mln kishi ish bilan ta'minlanganini ma'lum qildi.

Turkiyaning eksporti fevral oyida o'tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 1.4% oshib, 12 mlrd 406 mln dollarni tashkil qildi.

Import esa, 8.1% kamayib, 15 mlrd 571 mln dollarni tashkil qildi.

Fevralda tashqi tijorat kamomadi 32.8% pasayib, 4 mlrd 709 mln dollardan 3 mlrd 165 mln dollarga pasaydi.

Eksportning importni qoplash nisbati o'tgan yili fevral oyida 72.2%ni ko'rsatar ekan, joriy yilning fevral oyida 79.7%ga chiqdi.

Yevropa Ittifoqining eksportdagi hissasi 2015 yilning fevral oyida 42.3% ekan, joriy yilning fevral oyida 46.3%ni tashkil qildi.

Yevropa Ittifoqiga amalga oshirilgan eksport hajmi o'tgan yilning fevral oyida 10.8% oshib, 5 mlrd 740 mln dollarni tashkil qildi.

Bu davrda eng ko'p eksport amalga oshirilgan davlat Germaniya bo'lib chiqdi.

Germaniyaga amalga oshirilgan eksport hajmi 1 mlrd 166 mln dollarni tashkil qilar ekan, Angliyaga 1 mlrd 57 mln dollar, Shveysariyaga 1 mlrd 47 mln dollar va Iroqqa 712 mln dollar hajmida eksport amalga oshirildi.

Import bo'yicha Xitoy birinchi o'rinda turadi.

Xitoydan kelgan import fevral oyida 2 mlrd 59 mln dollarni tashkil qildi.

Germaniyadan 1 mlrd 772 mln dollar, Rossiyadan 1 mlrd 189 mln dollar va Amerika Qo'shma Shtatlaridan 985 mln dollar import amalga oshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #iqtisodiyot , #import , #eksport , #rivojlanish

Aloqador xabarlar