Xalqaro valyuta fondi IMFdan Yunonistonga taklif…

IMF Direktori Christine Lagarde, “Talab kelgan taqdirda, Yunonistonga yordam berishga tayyormiz”-dedi.

335173
Xalqaro valyuta fondi IMFdan Yunonistonga taklif…


IMF Direktori Christine Lagarde Yunonistondagi o’zgarishlarni yaqindan kuzatganini bildirib, “Talab kelgan taqdirda, Yunonistonga yordam berishga tayyormiz”-dedi.
Yunonistonda bo’lib o’tgan referendumdan so’ng, mamlakat siyosiy partiya yetakchilari Prezident Prokopis Pavlopulos boshchiligida to’plandi.
Yig’ilishdan so’ng, Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras qattiq talablarga qaramasdan, matbuotga bayonot bermadi.
Koalitsiya hukumatining hamkori Mustaqil yunonlar (ANEL) partiyasi bosh rahbari va Mudofaa vaziri Panos Kammenos yunon xalqi referendumda birdamlikni namoyon qilganini bildirdi.
Sobiq tashqi ishlar vazir o’rinbosari Efklidis Chakalotos, Yanis Varufakisning iste’fosidan so’ng, Moliya vaziri etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Fransiya Prezidenti Hollande va Germaniya Bosh vaziri Merkel Yunonistondagi referendum natijalarini ko’zdan kechirish maqsadida Parijda uchrashdi.
Hollande Yunoniston uchun muzokara o’tkazish imkoniyati borligini bildirdi, Merkel esa, “Vaqt ozaymoqda. Chipras taklif kiritishi zarur”-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar