Turkiyada eksport nisbati 0.2% ortish ko’rsatdi

Turkiya Statistika tashkiloti joriy yilga doir tashqi tijorat statistika ma’lumotlarini e’lon qildi.

296567
Turkiyada eksport nisbati 0.2% ortish ko’rsatdi


Turkiyada eksport 2015 yilning aprel oyida avvalgi yilning ayni oyiga nisbatan 0.2% ortish ko’rsatib, jami 13 milliard 392 million dollarni tashkil qildi.
Import bo’yicha pasayish kuzatildi.
Import 11.1% pasayib, jami 18 milliard 358 million dollarni tashkil qildi.
Tashqi tijorat kamomadi 31.9% pasayish ko’rsatdi, ya’ni 7 milliard 287 million dollardan 4 milliard 966 million dollarga pasaydi.
Eksportning importdagi kamomadni to’ldirish nisbati 2015 yilning aprel oyida 73%ni tashkil qildi.
Yevropa Ittifoqiga amalga oshirilgan eksport darajasi esa, 10.4% kamaydi.
Ma’lumotlarga ko’ra, eng ko’p eksport amalga oshirilgan davlat Shveysariya bo’ldi.
Import bo’yicha esa, Xitoy dastlabki o’rindan joy oldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar