Trump,G'azoda o't ochishni to'xtatishning davom etishi haqida hech qanday kafolat yo'qligini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump, G'azoda o't ochishni to'xtatishning davom etishi haqida hech qanday kafolat yo'qligini aytdi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump, G'azoda o't ochishni to'xtatishning davom etishi haqida hech qanday kafolat yo'qligini aytdi.
Donald Tramp Oval kabinetdagi imzolash marosimidan so‘ng matbuot vakillarining dolzarb masalalar yuzasidan savollariga javob berdi.
G'azoda sulh davom etadimi degan savolga Tramp shunday dedi:
"U davom etishiga ishonchim yo'q, bizda bu kelishuv davom etishiga kafolat yo'q".deb bayonot berdi.
Bugun Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashishini bildirgan Tramp, mintaqadagi vaziyat bilan bog’liq barcha mavzularni muhokama qilishlarini qayd etdi.
Tramp ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil Isroil tomonidan anneksiya qilinadimi degan savolga ham shunday javob berdi:
U bu haqda gapirishni istamasligini aytdi, biroq “Isroil Yaqin Sharqda juda kichik hududga ega”, deb qo‘shimcha qildi.