Tramp rasman AQShning 47 – prezidenti bo‘ldi
Donald Tramp, prezidentlik qasamyodini qabul qildi va bu orqali rasman Amerika Qo‘shma Shtatlarining 47 – prezidenti bo‘ldi.

Donald Tramp, 20 – yanvar kuni prezidentlik qasamyodini qabul qildi va bu orqali rasman Amerika Qo‘shma Shtatlarining 47 – prezidenti bo‘ldi.
Tramp ikkinchi prezidentlik davridagi ilk nutqida, mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar muammosiga eʼtibor qaratdi. Unda, 2019 - yilda boʻlgani kabi AQSh - Meksika chegarasida Milliy favqulodda holat eʼlon qilishini bildirdi. Qayd etilishicha Tramp bu orqali, noqonuniy muhojirlikning oldini olib, ularni deportatsiya qilmoqchi.
Tramp, sud ishlarini kuzatishlari uchun muhojirlarning mamlakatga kirishlariga ruxsat berilishi kerakligini ifoda etgan respublikachilarning «qo‘lga olib, qo‘yib yuborish» deb ta’riflagan yo‘l - yo‘riqlarni to‘xtatuvchi farmoyish chiqarishini ma’lum qildi.
O‘z nutqida noqonuniy muhojirlarga «jinoyatchilar» degan so‘zlar bilan e’tibor qaratgan Tramp, shuningdek, AQShning janubiy chegarasiga askar yuborishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Partiya a’zolari tomonidan tez - tez olqishlangan Tramp, «Yaqin kunlarda Meksika ko‘rfazining nomini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartiramiz», - dedi.
AQSh Prezidenti Tramp shuningdek, Panama kanalini qaytarib olishlarini ta’kidladi.
Aloqador xabarlar

KDR hukumati fuqarolarni uyda qolishga chaqirdi
Kongo Demokratik Respublikasi hukumati fuqarolarni uyda qolishga chaqirdi.