TikTok Tramp ko‘magida takror AQShda xizmat bera boshladi

TikTok ilovasi Donald Tramp ko‘magida takror AQShda xizmat bera boshladi.

2232438
TikTok Tramp ko‘magida takror AQShda xizmat bera boshladi

Milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan dunyoga mashhur bo‘lgan ilovani taqiqlovchi qonunning kuchga kirishi bilan yaqindagina man etilgan TikTok, Amerika Qo‘shma Shtatlarida takror xizmat bera boshladi.

TikTok, haftaning dushanba kuni o‘z vazifasini boshlovchi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga vaziyatni oʻzgartirishga imkon bergani uchun minnatdorchilik bildirdi ammo avvalroq prezident Jo Bayden maʼmuriyati taqiqni qo‘llamasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, TikTok ilovasi ByteDance kompaniyasining AQShdagi qanotini xitoylik bo‘lmagan xaridorlarga sotish uchun belgilangan muddatning tugashi bilan haftaning shanba kuni AQShdagi xizmatini to‘xtatgan edi.



Aloqador xabarlar