Smotrich Isroil hukumatini ag‘darishini aytib tahdid qildi

Isroil Moliya vaziri Bezalel Smotrich, Isroil hukumatini ag‘darishini aytib tahdid qildi.

2232491
Smotrich Isroil hukumatini ag‘darishini aytib tahdid qildi

Smotrich G‘azo ishg‘ol etilmagudek bo‘lsa unda hukumatni ag‘darishini aytib, tahdid qildi.

O‘ta o‘ng qanot ko‘z qarashdagi Isroil Moliya vaziri Bezalel Smotrich, G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi haqida gapirar ekan mavzuni «katta va jiddiy xato» hamda «Hamasga taslim bo‘lish» degan so‘zlar bilan baholadi.

Smotrich, Isroil armiyasi radiosiga bayonot berdi va unda Isroilning G‘azoni ishg‘ol qilishi va Hamasni mag‘lub etishning yagona yo‘li vaqtinchalik harbiy hukumat tuzish ekanini qayd etdi.



Aloqador xabarlar