Janubiy Kaliforniya takror kuchli shamol va oʻrmon yongʻinlari xavfi ostida

Yongʻindan vayron boʻlgan Janubiy Kaliforniya takror kuchli shamol va oʻrmon yongʻinlari xavfi ostida.

2232439
Janubiy Kaliforniya takror kuchli shamol va oʻrmon yongʻinlari xavfi ostida

Janubiy kaliforniyaliklar kamida 27 kishining umriga zomin bo‘lgan va minglab uylarning yonib ketishiga yo‘l ochgan yong‘inlar yuz bergan voqeadan ikki hafta o‘tib, yana kuchli shamol va yong‘in xavfi ostida qoldi.

Milliy ob - havo markazi namlikning pastligi va qattiq Santa Ana shamoli tufayli Los - Anjeles va Ventura tumanlarining ba’zi mintaqalarida yashovchi aholini, haftaning dushanba kuni tushdan keyindan boshlab, haftaning seshanba kuniga qadar davom etuvchi xavfli holat ustidan ogohlantirdi.

Shamol tezligi qirg‘oq bo‘ylab soatiga 113 km, tog‘lar va tepaliklarda yoki adirlarda esa 160 kmga qadar yetishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Santa Ana , #Ventura , #Los - Anjeles

Aloqador xabarlar